Baxtiyor Saidov Saudiya TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

 2023-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan yuksalish ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha zarur imkoniyatlarni yo‘naltirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий