Bag‘dod shahrida O‘zbekiston-Iroq siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi

 

Bag‘dod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Iroq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad Husayn Buhrul Ulum rahbarlik qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Iroq munosabatlarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi savdo ko‘rsatkichlarini oshirish, akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va madaniy almashinuvni faollashtirishga o‘zaro intilish mavjudligi bildirildi.

Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirishga tayyor ekanliklarini hamda qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Maslahatlashuvlar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibi ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий