AQSH Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yilning 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Suhbat davomida afgʻon yoʻnalishidagi Oʻzbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afgʻonistondagi vaziyat rivoji masalalari muhokama qilindi.

Yuqori martabali diplomat Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga gumanitar koʻmak berish va Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish borasidagi saʻy-harakatlarini yuqori baholadi.

Amerika tomoni 2022-yil 25-26-iyul kunlari Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferensiyasining muvaffaqiyatli oʻtganini alohida taʼkidladi. Mazkur forum nafaqat Afgʻonistonda, balki butun mintaqada barqarorlikni taʼminlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirishda muhim platformaga aylangani alohida taʼkidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий