AQSh delegatsiyasining bo’lajak tashrifi haqida

 2022-yil 23-25 - may kunlari Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo'yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasiga tashrifi bo'lib o'tadi. 

Bo'lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog'ida turli sohalardagi O'zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий