Afg‘oniston Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashdi.

Muzokaralarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik, shuningdek, boshqa ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий