Afg'oniston elchilari bilan uchrashuv

 2017-yilning 31-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg'oniston Islom Respublikasining O'zbekistondagi Elchisi Said Shahabuddin Temuriy va Toshkentda bo'lib turgan Afg'onistonning Buyuk Britaniyadagi Elchisi Samir Javadni qabul qildi.

Suhbat chog'ida nihoyasiga yetayotgan 2017-yilda O'zbekiston-Afg'oniston munosabatlarining yakunlari muhokama qilindi. Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko'ra Afg'oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G'anining 4-6-dekabrdagi mamlakatimizga rasmiy tashrifi va uning samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa ochdi va unga ko'p qirrali va unumli tus berdi.

Uchrashuvda 2018-yilda O'zbekiston-Afg'oniston hamkorligining ba'zi yo'nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий