2018-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

 2017-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida 2017-yil 6-martda Ashxobod shahrida imzolangan.

Shartnoma qoidalariga ko‘ra tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishadi. Bunga jumladan savdo aylanmasini oshirish hamda mahsulotlarni (xizmatlarni) o‘zaro yetkazib berishning hajm va navlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ikki davlat biznes-strukturalari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish yo‘li orqali erishish mo‘ljallangan.

Shartnoma iqtisodiy hamkorlikning turli sohalarida 35 ta tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi Dasturni ham tasdiqlaydi.

Shartnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий