Yevropa investitsiya banki ekspertlari bilan uchrashuv

 2017-yilning 19-iyul kuni Luksemburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropa investitsiya bankining (YIB) ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur bank bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda YIBning O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi Hadli bitim loyihasi muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, joriy yilning 10 va 12-iyulida Bank va O‘zbekiston vakolatli idoralarining ekspertlari o‘rtasida o‘tkazilgan telekonferensiyalar yakuni natijasida Bitim loyihasi matni bo‘yicha sezilarli siljishga erishildi.

Uchrashuvda ikki tomon ekspertlari hujjat loyihasini ma’qulladilar va Bitimni tez fursatda imzolash bo‘yicha ichki davlat tartibotlarini yakunlash to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий