Yangi ma’naviyat maskanlari va innovatsiok g‘oyalar poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 23-dekabr kuni Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz dastlab Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 18-apreldagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ini xalqimiz, avvapambor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan, nafaqat yurtimiz, balki jahonning turli mamlakatlaridan mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradigan har tomonlama go‘zal va betakror maskanga aylantirish, ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli so‘z san’atkorlarining tarixiy xotirasini abadiylashtirish maqsadida bog‘ hududida Adiblar xiyoboni barpo etilmoqda.

Prezidentimiz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining zamonaviy binosi bilan tanishdi, yozuvchi-shoirlar bilan muloqot qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosini qurish ishlari joriy yilning iyul oyida boshlangan edi. Ikki qavatli zamonaviy binoning birinchi qavatida “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatlari, “Ijod” jamoat fondi, 150 o‘rinli faollar zali joylashgan. Ikkinchi qavatda Uzbekistan Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi ma’muriyati, turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkaziladigan bitta 50, ikkita 30 o‘rinli zallar o‘rin olgan. Binoning yerto‘la qismida kugubxona, muzey bor.

Biz doimo ziyolilarni, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ular yaratgan ibratli asarlarni, she’rlarni yoshlarimiz qancha ko‘p o‘qisa, ma’naviyati, ma’rifati yuksaladi, demakki, vatanparvar bo‘ladi. Vatanparvarlar qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakatimiz ham shuncha tez ravnaq topadi.

Prezidentimiz bino ichidagi xonalarni ko‘zdan kechirdi. Ijodkorlarga yanada qulaylik yaratish, xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi. Xususan, Yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekistan Milliy kutubxonasi o‘rtasida onlayn hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. Bu Yozuvchilar uyushmasidan turib Milliy kutubxonadagi kitob fondidan foydapanish imkonini beradi.

Ijodkorlar yaratilgan sharoit, yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, xalqimiz ma’naviyatini boyitish, yosh iqtidorlarni yuzaga chiqarish borasida bor kuch-g‘ayratini ishga solishlarini ta’kidladi.

Bog‘ hududida joylashgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosi ta’mirlanib, adabiy markaz tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari xiyobonda ulug‘ adiblarimiz haykallarini o‘rnatish, atrofini obodonlashtirish ishlariga alohida yondashish lozimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan mazkur universitetda uch fakultet, o‘n ikkita kafedra mavjud.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan o‘quv binolari kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Bugun universitetda 1 ming 100 nafar talaba tahsil olmoqda, ularga fan doktorlari va PhD darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat o‘qituvchilar jamoasi dars bermoqda.

Davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.

Universitetda ta’lim jarayoni to‘liq axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan. Videokonferensiya zali, sinxron tarjima va ovoz yozish xonalari, axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan. Wi-Fi tarmog‘iga ulangan muloqot maskanlari, Alisher Navoiy dostonlaridagi kabi ko‘shklar tashkil etilgan.

Mazkur universitet yurtimizdagi shu yo‘nalishdagi fakultetlar uchun tayanch ta’lim muassasasi hisoblanadi. Dunyoning 69 universitet va institutlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Prezidentimiz universitetda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy asarlarining multimediaviy lug‘atini yaratib, xalqimizga yetkazish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga apohida e’tibor qaratildi.

Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev univer¬sitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Universitetda tashkil etilgan xattotlik laboratoriyasi barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Bu Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari universitet o‘qituvchilarining uy-joyi va ijtimoiy sharoitlari bilan ham qizikdi. Ular uchun Toshkent shahridan 20 ta xonadon ajratish bo‘yicha topshirik, berdi.

Prezidentimiz poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilayotgan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi.

Bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizga xorijlik investorlarni jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun barcha sharoit va kulayliklar yaratilayotir. Dunyo tajribasida ishbilarmonlar uchun umumiy majmua sifatida biznes markazlari yaratish tajribasi keng ko‘llaniladi. Bu ularning samarali faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Poytaxtimizda barpo etilayotgan xalqaro ishbilarmonlik markazi ham zamonaviy va qulayligi jihatidan noyob loyiha, deya baholanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil 28-oktabr kuni “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilayotgan hududda bo‘lib, buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qilgan, loyihalarni yanada takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlar ijrosi yuzasidan takomillashtirilgan loyihalarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbir¬lari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasi¬dan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi xududidagi ob’ektlarni kurish va eksplua¬tatsiya qilish bo‘yicha direksiya tuzilgan.

Prezidentimiz xalqaro ishbilarmonlik markazining ma’muriy binosida bo‘ldi. Bu yerda yaratilayotgan loyihalar, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

“Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan konseptsiyasiga ko‘ra, bino va inshootlar turli qurilish tashkilotlari tomonidan barpo etilmoqda. Loyihalarni mamlakatimiz ishbilarmonlari Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev qurilishga jalb qilingan investorlar bilan suhbatlashdi. Ularning fikrlari va tashabbuslari bilan qizikdi.

Bugun xalq tilida “shahar ichidagi shahar”, deya e’tirof etilayotgan markaz qurilishi ikki bosqichda yaqin to‘rt yilda yakuniga yetkaziladi.

Prezidentimiz “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan bino va inshootlarning bir-biriga uyg‘un bo‘lishi, dizayn jihatidan biri ikkinchisini to‘ldirishi kerakligini ta’kidladi.

 

Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий