TIV rahbarlarining Nyu-Yurk shahridagi uchrashuvi

 2018-yilning 19-yanvar kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya beshta Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosiy idoralar rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Shuningdek, “C5+1” formatida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Aksoltan Atayeva va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida turli sohalarda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning hamda zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий