TIV Konsullik boshqarmasining axboroti

 Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 11-yanvarga o'tar kechasi Sheremetyevo qishlog‘ida joylashgan shaxsiy uyda zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.

Olamdan o‘tganlar quyidagilar:

1. Samadov Panji Norsoatovich, 10.05.1966-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani, “Qiziljar” aholi punkti Chortosh ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

2. Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 22.01.1966-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani, “Voxilxaram” qishloq fuqarolar yig‘ini manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 25.09.1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, “Chimyon” qishloq fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 09.07.1981-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, 11-kichik nohiya 8-uy, 8-xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Ulfatbibi” qishloq fuqarolar yig‘ini, Beshtuvo ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (26.11.1990-yilda tug‘ilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.

 

Amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketishgan.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий