TIV Konsullik boshqarmasi axboroti

 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida, Kalibay aholi punktidan 10-km. uzoqlikda “Ikarus” rusumli yo‘lovchi avtobusi harakatlanish chog‘ida yonib ketgan.

Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi  (dastlabki ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston fuqarolari) va 2 nafar haydovchilar bor bo‘lib, ulardan 5 kishiga Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiy yordam berilgan, qolgan 52 kishi voqea joyida vafot etgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi xodimlari joyida yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan Irg‘iz tumaniga yuborildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий