Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari muhokama qilindi, xususan mart oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti saylovi davomida O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan Rossiya fuqarolari uchun saylov uchastkalarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий