Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

 Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.

Islom Karimov rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatida ham xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

30-yanvar kuni Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz haykalining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari buyuk siyosatchi va dono islohotchi Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi.

Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdi.

 

Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий