O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasida “tezkor aloqa” telefon raqami e’lon qilindi

 Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati bo‘yicha Ichki ishlar departamenti (IID) ma’lumotiga ko‘ra 2018-yil 1-mart kuni Mang‘istau tumani Shetpe qishlog‘ida “Aqtau-Beyneu” avtomobil yo‘lida ertalab soat 6 da “LADA” Largus avtomobili (d/r 90 S830 JA) va “Shacman” yuk mashinasi (d/r 737 DРА/12) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada 7 kishi halok bo‘lib, dastlabki ma’lumotga ko‘ra ulardan 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda, halok bo‘lganlar jasadlari sud-meditsina ekpertizasi o‘tkazish uchun Mang‘istau tumani Markaziy tuman kasalxonasi morgiga yetkazilgan.

Mang‘istau viloyati bo‘yicha IID xodimlari tomonidan 1-mart holatiga ko‘ra 7 nafar halok bo‘lgan yo‘lovchilar shaxsini aniqlash bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi. Qozog‘iston tomoni 6 kishi shaxsini shartli ravishda o‘rnatishga erishdi:

- Allayarov Rasulbek Kazibayevich, 23.01.1981 yilda tug‘ilgan (haydovchi, Xorazm viloyatidan);

- Dushamov Zakir Kuranbayevich, 07.04.1977 yilda tug‘ilgan (Xorazm viloyati, Bogʻot tumani, Nayman qishlog‘ida yashagan);

- Rahimov Sherzod Saparboyev, 07.12.1980 yilda tug‘ilgan (Xorazm viloyati, Shovot tumanida yashagan);

- Madaminov G‘ayrat Rozimatovich, 13.10.1985 yilda tug‘ilgan;

- Valtayev Mahmudjan Saparjanovich, 21.09.1995 yilda tug‘ilgan.

Shaxsi aniqlanmagan 1 kishi qolmoqda – Sanjar (tahminan 25 yoshda).

Qozog‘iston tomoni halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekiston tomoniga topshirish uchun zarur choralar ko‘rmoqda.

Favqulodda hodisa munosabati bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qator tadbirlar amalga oshirilmoqda va “tezkor aloqa” telefon raqami e’lon qilindi: +77772182010, +77272910644.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий