O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumoti

 O‘zbekiston Elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi.

Hozirgi paytda avtobusda halokatga uchragan 25 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga o‘z vataniga qaytishi uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Jabrlangan 7 nafar yurtdoshlarimiz Xromtau shahrining markaziy tuman kasalxonasidan davolanib chiqdi. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий