O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Elchixonasi ma'lumoti

 O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 20-fevral kuni Jalolobod viloyatining Qo‘chqor-Ota shaharchasida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Natijada shahardagi kafelardan birida ishlaydigan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi.

Xususan, Jalolobod viloyatining IIB ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘chqor-Ota shaharchasidagi “Aziya” kafesida gaz o‘chog‘idan gaz sizilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Voqea ro‘y bergan paytda xonada 4 kishi bo‘lgan, va natijada ularning yuqori tana qismlari kuygan. Jabrlanganlardan uch nafari Namangan shahri, va yana biri Qirg‘izistonning To‘xtagul tumani istiqomadchilari bo‘lgan.

Ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari - Azimjon Valiyev va Muhammadbobir Turg‘unpo‘latov Qo‘chqor-Ota shahridagi shifoxonaga joylashtirildi. Rustam Parpiyev esa uchinchi darajada kuyib, O‘sh shahridagi kasalxonaga yotqizildi.

Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda operativ tergov guruhi faoliyat olib bormoqda. Hodisa holatlari tergov qilinmoqda.

O‘zbekiston elchixona tomonidan O‘sh shahridagi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining mas’ul Vakolatxonasi vakillari va Jalolobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий