O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari uchrashuvi to‘g‘risida

 2018-yilning 29-yanvar kuni Tojikiston So‘g‘d viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari topografik ishchi guruhlarining besh kunlik uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

Muzokaralar davomida qolgan uchastkalar bo‘yicha chegara chizig‘i o‘tkazilishi muhokama qilindi, shuningdek, ayrim chegara uchastkalari dala tekshiruvi olib borildi.

Topografik ishchi guruhlar tomonidan chegaraning 4 ta uchrastkasi tavsiflandi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv konstruktiv asosda, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida bo‘lib o‘tdi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий