O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to’g’risida

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4907-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi a’zolari tarkibini fanning ustuvor yo’nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlansin:

Fizika-matematika fanlari bo’yicha

1. Azamov Abdulla - Fanlar akademiyasi Matematika instituti bo’lim mudiri

2. Baxadirxanov Muxamed Kabir - Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri

3. Baxramov Sagdilla Abdullayevich - Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari bo’limi rahbari-ilmiy kotibi

4. Zaynabidinov Sirajidin - Andijon davlat universiteti professori

5. Laqayev Saidaxmat Norjigitovich - Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

6. Usmanov Timurbek - Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

7. Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

Kimyo fanlari bo’yicha

8. Jalilov Abdulaxat Turapovich - “Toshkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori

9. Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich - Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi

10. Namazov Shafaat Sattarovich - Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

11. Turayev Abbasxan Sabirxanovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori o’rinbosari

Biologiya fanlari bo’yicha

12. Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich - Innovatsion rivojlanish vaziri

13. Sabirov Ravshan Zairovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

14. Tojibayev Komil Sharobitdinovich - Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

Texnika fanlari bo’yicha

15. Allayev Kaxraman Raximovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori

16. Igamberdiyev Xusan Zakirovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori

17. Mirsaidov Mirziyod - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri

Qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha

18. Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich - Toshkent davlat agrar universiteti rektori

Tarix fanlari bo’yicha

19. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich - O’zbekiston Milliy universiteti professori

20. Yusupova Diloram Yunusovna - Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha

21. Abduraxmanov Kalandar - G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali direktori

22. Aimbetov Nagmet Kalliyevich - Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi raisi

Filologiya fanlari bo’yicha

23. Karimov Naim Fatixovich - Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi

24. Mirzayev To’ra - Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi

Yuridik fanlar bo’yicha

25. Saidov Akmal Xolmatovich - Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

Pedagogika fanlari bo’yicha

26. Jurayev Risbay - Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari

Tibbiyot fanlari bo’yicha

27. Alyavi Anis Lyutfullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

28. Aripova Tamaraxon Uktamovna - Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori

29. Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

30. Kurbanov Ravshanbek Davletovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

31. Nazirov Feruz Gafurovich - akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

 

San’atshunoslik fanlari bo’yicha

32. Xakimov Akbar Abdullayevich - Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bo’lim mudiri

2. O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo’ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining asosiy faoliyat yo’nalishlari doirasida 2018 yilga mo’ljallangan “Yo’l xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko’rsin.

“Yo’l xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari tomonidan, jumladan, quyidagi yo’nalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;

joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

o’z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O’zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;

ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ’ib qilish.

3. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo’ldashev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining 2018 yilga mo’ljallangan “Yo’l xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib borsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017 yil 29 dekabr

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий