O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi

 2018-yilning 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga Boku shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlarning xalok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan maktub yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti va birodar Ozarbayjon xalqiga samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda jarohatlanganlarga sog‘ayib ketishlarini tiladi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий