O‘zbekiston Prezidenti Finlyandiya Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niynistyoga oliy davlat lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari alohida ta’kidlashicha, “Biz Finlyandiyani O‘zbekistonning Yevropadagi muhim istiqbolli sherigi sifatida ko‘ramiz va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, fan va texnologiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz”.

“Bugun bizning mamlakatlarimiz amaliy hamkorlik qilish, yuqori texnologiyalar va og‘ir sanoat sohasi hamda turistik va maorif almashinuvlar kabi turli sohalardagi aniq dastur va loyihalarni birgalikda olib borish uchun keng imkoniyat va salohiyatga ega, - deyiladi O‘zbekiston Prezidenti maktubida. – Aminmanki, bizning sa’y-harakatlarimiz ikki davalat va xalq manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston-Finlyandiya sherikchiligini mustahkamlash va uni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish imkonini yaratadi”.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий