O‘zbekiston Hukumati bilan Rossiya Hukumati o‘rtasida bitim kuchga kirdi

2017-yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-aprelda Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirdi.

Mazkur Bitim ishchi kuchi harakatlanishi jarayonini tartibga solish va uni huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish hamda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfatlari himoya qilinishini ta‘minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.

Hujjat Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi tartibi va shartlarini belgilab beradi hamda quyidagilar orqali mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro e’tirof etilgan hamkorlik shakllarini o‘rnatishni ko‘zda tutadi:

mehnat resurslariga real ehtiyojdan kelib chiqqan holda, yuborilayotgan ishchilarning soni, ularning mutaxassisligi va qabul qiluvchi mintaqani aniqlash;

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan mehnat migrantlariga eng kam ish haqi talablariga rioya etish, munosib turmush sharoitlarini yaratish, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta‘minlash bo‘yicha mustahkam huquqiy kafolat taqdim etadigan tartibni joriy qilish.

Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий