O‘zbekiston FVV xabarnomasi

 2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg'iz tumanida avtobusning yonishi sodir bo‘ldi, yong‘in natijasida 52 nafar fuqarolar halok bo‘lgan va 5 nafari jabrlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yo‘lovchilarning ko‘pchilik qismini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra Bosh vazir boshchiligida maxsus Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Uning tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralarning vakillari kiritilgan.

Maxsus Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, mamlakat fuqarolari shaxsini aniqlash vazifalari yuklatildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий