O‘zbekiston delegatsiyasi MKKning navbatdagi majlisida ishtirok etdi

 2018-yilning 30-yanvar – 2-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga, tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi, Bosh prokurorlar majlislariga tayyorgalik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-yil uchun Hamkorlik dasturi, 2018-yil uchun asosiy tadbirlar dasturi loyihalari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘ngida yakuniy Bayonnoma imzolandi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий