Markaziy Osiyo mamlakatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv

 2018-yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov, Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi, Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev va Qozog‘iston Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyakbayevni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentabrda Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi va noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya minbarlaridan ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan mamlakatimiz takliflari bilan vazir Markaziy Osiyo davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tanishtirdi.

Tomonlar mintaqa kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий