Korvina universitetida uchrashuv

 2018-yilning 26-fevral kuni “Vishegrad guruhi” va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Budapesht shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Korvina universiteti rektori Andrash Lanszi bilan uchrashdi.

1853-yili asoslangan universitet hozirgi kunda iqtisod sohasiga ixtisoslashgani bilan mashhur va jahonning eng sara 200 ta ta’lim muassasalari qatoriga kiradi. Ushbu dargohda ta’lim venger, ingliz, nemes va fransuz tillarida olib boriladi.

Universitetda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, kadrlar tayorlash va ilmiy almashinuvlar sohasida tomonlarning aniq tashabbuslarini tadbiq etishning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий