Isroil turizm vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Isroil Davlati turizm vaziri Yoel Razvozov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Isroil tomoni O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi paytlarda butun dunyoda, jumladan, Isroilda ham O‘zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida qiziqish ortib bormoqda.

O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, mamlakatimiz turizm sanoatini rivojlantirish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini takomillashtirish va kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий