Ishchi guruhlarining uchrashuvi to‘g‘risida

 2018-yilning 24-fevral – 1-mart kunlari Toshkent shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2018-yil 24-fevral kuni Farg‘ona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo‘shma majlisi Bayonnomasi ijrosi doirasida ishchi guruhlari tomonidan O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi shartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Muzokaralar konstruktiv muhitda, do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Bayonnoma imzolandi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий