Germaniya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida 2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiya kun tartibi va unda Germaniya ishtiroki bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий