Fransiya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 20-fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmor bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi, xususan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiya yuzasidan fikr almashildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий