Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

 2018-yilning 10-fevral kuni Tehron shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Eron aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish chog‘ida alohida e’tibor Afg‘onistondagi vaziyat o‘zgarishiga qaratildi, xususan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий