Dushanbe shahridagi uchrashuvga oid

 2018-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikram Niyazxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining yuqori mansabdor shaxslari 12-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur shakl doirasida transport va logistika, turizm sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi amaliy choralar ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий