Davlat boshqaruvi akademiyasidagi qisqa muddatli kurslar yakunlandi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2018-yilning 22-25-yanvar kunlari O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va TIV markaziy apparati rahbarlari uchun qisqa muddatli kurslar bo‘lib o‘tdi.

To‘rt kun davomida O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Rustam Qosimov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari tinglovchilar qarshisida nutq so‘zladilar.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchxonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida davlat rahbari tomonidan belgilangan maqsadlarga erishish uchun diplomatlardan talab etilayotgan vazifalar ma’ruza va mashg‘ulotlarning asosiy mavzulari bo‘ldi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий