Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibidagi ayrim masalalar, ilgari erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy jihatlari, shuningdek, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi bo‘lajak uchrashuvlar ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий