AQSh Prezidentiga ta’ziya maktubi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. “Ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Florida shtatidagi Marjory Stoneman Douglas maktabida ro‘y bergan vahshiyona jinoyat haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik”, - deyiladi maktubda.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentiga samimiy hamdardlik izhor qilib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga ta’ziya va dalda so‘zlarini bildirdi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий