AQSh Prezidentiga hamdardlik maktubi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga hamdardlik maktubini yo‘lladi. Maktubda “Insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan Vashington shtatidagi yo‘lovchi poyezdi avariyasi to‘g‘risidagi habar bizni qattiq qayg‘uga soldi”, – deyiladi.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentiga chin dildan ta’ziya bildirdi va qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий