AQSh Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Florida shtatidagi Marjory Stoneman Douglas maktabida ro‘y bergan vahshiyona jinoyat munosabati bilan Vazir samimiy ta’ziya bildirdi.

O’z navbatida Elchi Prezident Shavkat Mirziyoyevga va O‘zbekiston xalqiga AQSh uchun bu og‘ir damlarda g‘amxo‘rligi va hamdardligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ikki tomonlama kun tartibinining dolzarb masalalari va unga tayyorgarlik ko’rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий