Afg‘onistonning TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv

 2018-yilning 18-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Halil Karzay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi uchrashuvi va muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida vazirlar darajasida “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi ochiq munozaralarning kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning ba’zi muammolari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий