Afg‘oniston Prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining qator masalalari, ba’zi xalqaro va mintaqa muammolari muhokama qilindi.

Muzokaralarda asosiy e’tibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda davlatlararo hamkorlik ildam rivojlanayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbatda alohida e’tibor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.

Muzokaralarda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Elchsi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Anvar Ilyosov olgan surat

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий